AQŞ boşqa dunyo politsiyaçisi bölmaydi va buning uçun ulkan mablağlar sarflamaydi, deb aytdi AQŞ prezidenti Donald Tramp.  

“Biz borgan sari kamroq dunyo politsiyaçisi bölişni istamoqdamiz. Biz önlab yillar davomida dunyoda tartib saqlaş uçun ulkan mablağlar sarflaganmiz va bu bizning ustuvor vazifamiz bölmasligi kerak. Biz özimizda tartib örnatmoqçimiz va öz davlatimizni tiklamoqçimiz”, deb aytgan Tramp Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy bilan birgalikda bergan matbuot anjumanda.  

Avvalroq Tramp 1,3 trln dollarlik byudjyetni imzolagandi. Unda mudofaaga xarajatlar 80 mlrd dollarga oşişi közda tutilgan. Bu esa oxirgi 15 yil içida harbiy xarajatlarning eng katta ösişidir. Umumiy hisobda mudofaa xarajatlari 700 mlrd dollarni taşkil qiladi.