Professional boksda faoliyatini davom ettirişga qaror qilgan Bahodir Jalolovning debyut jangi muddati va raqibi aniq böldi. Bu haqda jang taşkilotçilari manbasi KUN.UZ‘ga ma'lum qilgan.
Unga köra, 5 may kuni AQŞning Konnektikut ştatidagi Foxwoods Resort Casino saroyida Bahodir Jalolov özining professional ringdagi ilk jangini ötkazadi. Uning raqibi meksikalik Ugo Truxilo böladi. Meksikalik boksçi şu kunga qadar 5ta jang ötkazib, ularning 4tasida ğalaba qozongan (2 nokaut) bitta jang durang natija bilan tugagan.
Şuningdek, uşbu keçadan örin olgan yana bir jangda özbekistonlik boşqa bir boksçi, örta vaznda (72,58 kg.gaça) ringga çiqadigan Xurşidbek Normatov (5 jang, 5 ğalaba, 2 nokaut) ham özining professional boksdagi 6-jangini ötkazadi. Xurşidning raqibi kolumbiyalik Ronald Montes böladi. Ronald şu kunga qadar professional boksda 26 jang ötkazgan bölib, 18 marta ğalaba (16 nokaut) qozongan va 8 marta mağlub bölgan.












