Mamlakatimizda davlat taşrifi bilan bölib turgan Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan keça Oliy majlis qonunçilik palatasi va senati a'zolari oldida çiqiş qildi.

Turkiya prezidenti öz çiqişini Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston qahramoni Erkin Vohidovning «Özbegim» qasidasining turkça tarjimasini aytiş bilan boşladi hamda deputat va senatorlarning olqişiga sabab böldi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasining prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil oktabr oyidagi Turkiyaga davlat taşrifi çoğida ham Erdöğan Abdulla Oripovning «Özbekiston — Vatanim manim» şe'ridan parça öqib bergan edi.