Yevropa Ittifoqining ichki ishlar va adliya kengashi Bryusseldagi yig‘ilishda uni shu lavozimga tasdiqladi. U bu lavozimda Yevropol ijrochi direktori Rob Ueynraytning o‘rnini egalladi. Yevropol rahbari to‘rt yillik muddatga belgilanadi.
"Mening bu lavozimdagi asosiy vazifam agentlikka ishonchni oshirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish. Bundan tashqari, Yevropolga a'zo mamlakatlarning operatsion ehtiyojlari va uning Yevropa xavfsizligi kun tartibidagi roli o‘rtasida muvozanat saqlanishini ta'minlash zarur", - dedi Boll lavozimga tayinlanganidan keyin.
48 yoshli Katrin de Boll - mutaxassisligi bo‘yicha yurist, dastavval jandarmeriya, keyin esa kriminal politsiya ofitseri bo‘lgan. 2012 yilda u Belgiya Federal politsiyasining bosh komissari bo‘ldi va bu lavozimda faoliyat yuritgan birinchi ayol bo‘ldi.











