Bugun Madridda Çempionlar Ligasining dastlabki finalçisi aniqlanadi. Nafaqat finalçi, narigi juftlik jamoalariga hurmatni saqlagan holda aytiş mumkinki, aynan bugungi uçraşuv ğolibi Kiyevda favorit sifatida maydonga tuşişi aniq. Zero, «Real» ham, «Bavariya» ham musobaqaning sönggi bosqiçlarida doimiy iştirokçi bölib ulgurişgan.
Ötgan yili qatorasiga yutgan ilk jamoaga aylangan «Real» endi uçinçi marta yutişga ham yaqin turibdi. «Bavariya» uçun ham «Real» öziga xos raqib, nemislar YeÇLni yutgan har ikki mavsumda ham yarim finalda aynan «Real» tösiğidan ötilgan.
USTUNLIK KIMDA?

Töğri, safardagi öyindagi ğalaba «Real»ning ustunligini ta'minlaydi, lekin uşbu jamoalar örtasidagi avvalgi töqnaşuvlar ssenariysi hali heç narsa aniq emasligidan dalolat beradi. Misol uçun, ötgan yili «Real» safarda xuddi şunday hisobda ğalaba qozongan, ammo javob uçraşuvida muammolarga duç kelgandi. «Bavariya» umumiy hisobni tenglaştirgan va faqat qöşimça vaqtlarda bir kişi köp bölib harakat qilgan «Real» bir neça gol urib, vaziyatni öz tomoniga oğdirib qolgandi. Uzoqqa bormasdan, çorak finaldagi «Yuventus» bilan öyinlarni eslaş mumkin – Zidan şogirdlariga hatto 3:0 hisobidagi ustunlikni saqlab qoliş ham oson bölmadi.
Ammo «Yuventus»ga qarşi çorak final va ayniqsa, «Bavariya»ga qarşi avvalgi öyinlar madridliklarning uçraşuvga ança jiddiy tayyorlanişlariga asos ham böladi va konsentratsiya bobida mezbonlar muammoga duç kelişmasa kerak. Xullas, kimnidir ustun deyişdan özimizni tiysak ham, bajarilişi kerak bölgan vazifa borasida «Real»ga osonroq deb bemalol ayta olamiz.
TARKIBLAR
Optimal tarkibni tuşiriş va tanlovlar borasida, xuddi birinçi öyindagi kabi Haynkesning muammolari kattaroq deyiş mumkin. Ötgan öyinda safdan çiqqan Robben va Boatengning örnini töldiriş qiyin. Şuningdek, Arturo Vidal, Kingsli Koman kabi futbolçilar hali ham jarohatdan tiklanib ulgurişmadi. Çap qanotga David Alabaning qaytişi mumkinligi nemis jamoasi muxlislariga biroz ijobiy kayfiyat bersa kerak, zero Myunxendagi öyinda çap qanotda Riberi ança yolğizlanib qolgandi. Rafinya avstriyalik futbolçining aynan hujum uyuştirişdagi vazifalarini töliq uddalay olmagandi. Madridga kelgan futbolçilar orasida David Alaba ham bor.
Mezbonlarda asosiy savol – Karvaxalning örnini kim bosadi? Ispaniyalik bir qator mutaxassislar Myunxendagi öyinning oxirlarida deyarli öng qanot himoyasida yaxşi harakat qilgan Lukas Vaskesning asosiy tarkibda şu pozitsiyada tuşişini taxmin qilişmoqda, ammo bunday jiddiy öyinda, ayniqsa, raqibning asosiy quroliga (Riberi) qarşi Zidan bunday tavakkalçilikka bormasa kerak. Naço deyarli tiklanib ulgurdi va ikki kundan beri umumiy guruhda şuğullanmoqda. Himoyaning öng qanotidan aynan Naço joy olsa kerak.

Şuningdek, Iskoning jarohati haqida ham aytilgandi, ammo ispaniyalik yarimhimoyaçi jamoa bilan şuğullanmoqda va katta ehtimol bilan zaxira örindiğidan maydonga tuşişi mumkin. Kazemironing şanba kungi öyinda 90 minut harakat qilganini e'tiborga olsak, Zidan maydon markazi uçun biroz boşqaça rejaga ega bölişi mumkin – masalan, Kovaçiç tayanç yarimhimoyasidan joy oladi.
Taxminiy tarkiblar:
ReAL: Navas, Naço, Varan, Ramos, Marselo, Kovaçiç, Kroos, Modriç, Asensio, Vaskes, Ronaldu
BAVARIYa: Ulrayx, Kimmix, Zyule, Xummels, Alaba, Martines, Alkantara, Xames, Riberi, Myuller, Levandovski.
Ötgan öyinda Alkantara Robbenning örniga majburiy ravişda tuşirilgandi. Balki Haynkes hujumkorroq variant tanlab, Xames va Alkantaradan biridan voz keçişi va Levandovskiga şerik sifatida Vagnerdan foydalanişi ham mumkin.
QIZIQARLI STATISTIK FAKTLAR

• Sönggi olti uçraşuvda «Real» «Bavariya» ustidan ğalaba qozondi. Töplar nisbati – 15:5.
• YeÇL tarixida faqat ikki marta, pley-offning ilk öyinini öz maydonida boy bergan klub keyingi bosqiçga çiqqan. 1995/96 yarim finalida «Panatinaikos»ga 0:1 yutqazib qöygan «Ayaks»safarda javobsiz uç gol yöllagan. 2010/11 da esa, «Bavariya» «Inter»ni Milanda 1:0 yutib, öz maydonida yutqazib qöygan – 2:3
• 2000-2002 yillarda bu jamoalar qatorasiga uç marta pley-offda raqib bölişgan va doim bu juftlik ğolibi yakunda Çempionlar Ligasi ğolibi bölgan.
• «Real» va «Bavariya»ning Madriddagi statistikasi qöyidagiça: Mezbonlarda 9 ğalaba, 1 durang va 2 mağlubiyat.
• Bernabeudagi sönggi 41 YeÇL öyinining 34 tasida «Real» ğalaba naşidasini surgan. Şuningdek, 2015 yilda «Şalke»dan (3:4) va çorak finalda «Yuventus» (1:3) dan mağlubiyatga uçraşgan bölişsa-da, aslida bu öyinlarda ham ikki öyin natijasi «Real»ni keyingi bosqiçga olib çiqqan.
• «Real» nemis jamoalariga qarşi uy öyinlarida 33 öyinning 25 tasida ğalaba qozongan. Yuqorida tilgan olingan «Şalke»dan mağlubiyat madridliklarning sönggi 17 öyinidagi (nemislarga qarşi) yagona mağlubiyatidir.
ÖYIN OLDIDAN:
Zayniddin Zidan:

«Biz uçun asosiysi – ğalaba iştiyoqida maydonga tuşiş va imkon boriça tezkor gol uriş.
Çempionatda böladimi, kubokmi, murabbiy böliş oson emas. Natijalar jamoaning bugungi holatini körsatadi. Menga bugungi holatimiz yoqyapti, lekin Ispaniya çempionatidagi turnir jadvalidan qoniqmayapman. Lekin biz har doim eng yuqori maqsadni qöyamiz. Hozirgi maqsadimiz yarim finalni ğalaba qozoniş va finalga çiqiş. Boşqa mavzularni öylamaslikka harakat qilyapmiz»
Yupp Xaynkes:

«Bizni haqiqatan ham juda qiyin uçraşuv kutib turibdi. Raqibimiz uçun ham şunday. Jamoam bunday paytlarda qanday öynaşni juda yaxşi biladi.
Biz birinçi öyinda samaraliroq harakat qilişimiz lozim edi. Mavsum davomida biz juda köp gol urdik, öylaymanki, aynan şunday öyin bizga yaraşişini isbotlaymiz. Futbolda qat'iyat körsatib, toğlarni ağdariş mumkin».
Qahramon Aslanov tayyorladi.











