Keniyada bir oy avval boşlanib, uzoq davom etgan kuçli yomğirlar tufayli 70 dan köproq odam halok böldi va 40 mingga yaqin oila hamon öz uylariga qayta olmayapti. Bu haqda Qizil Xoç jamiyati ma'lum qildi.

“Yomğir davom etayotgan vaziyatda toşqinlar hamon minglab odamlarga xavf solmoqda. Xodimlarimiz va köngillilar xavf yuqori bölgan hududlardan oilalarni evakuatsiya qiliş uçun uzzukun işlaşmoqda”, deb ma'lum qilgan jamiyat boş kotibi Abbos Gullet.

Ta'kidlanişiça, mart oxirida yomğirlar boşlangandan keyin 70 dan köproq odam halok bölgan, 211 mingdan köproq odam öz uylarini tark etişga majbur bölgan. Köplab uylar, fermalar, yöllar va boşqa infratuzilma obektlari vayron bölgan.

Mamlakatdagi vaziyat KenGen energokompaniyasi Tana daryosidagi GESlaridan suvlarni çiqarib yuborişni boşlagandan keyin keskin yomonlaşgan. Buning oqibatida daryo öz qirğoqlaridan çiqib ketgan.