Meksikadagi quriliş maydonçalaridan birida quruvçi Diyego Avila 2039 yil bilan sanalangan tangani topib oldi. Erkak bir bölak metallni topib olib, uni tozalaganidan keyin topilma tanga ekanligi aniqlangan. Bu haqda Daily Star naşri ma'lum qildi.
Eng e'tiborlisi, tangada 2039 yozuvi, nemis xoçi, burgut va svastika tasvirlari bölgan.
“Kelajakdan tanga”da yuqoridagi belgilardan taşqari, uçta yozuv: ikkitasi ispançada yozilgan bölib, “Yangi Germaniya” va “Mustaqillik va ozodlik”, uçinçisi esa nemisçadagi “Barçasi bir millatda” yozuvi bölgan. Biroq tangada uning qiymati körsatilmagan bölgan.
Quruvçi tangani mutaxassislarga topşirgan, biroq ular hozirça uning kelib çiqişini tuşuntirib bera olmayaptilar.
Internet foydalanuvçilari uşbu tanga videosini körib, öz taxminlarini bildira boşlaganlar. Kimdir tanga haqiqatan ham bizning davrga biror-bir parallel dunyodan yoki kelajakdan tuşgan deb hisoblayotgan bölsa, boşqalar Avilani firibgarlikda ayblaşmoqda.











