«Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi JÇ-2014 finalida gol urolmagan vaziyatini sira unuta olmasligini aytdi.
«Jahon çempionati finalida gol urolmagan öşa vaziyatimni har doim eslayman. Uni miyamda aylantiraverman. Öşanda töpga yaxşi zarba berolmadim, oyoğimni notöğri bosgan edim. Agar gol urganimda, biz çempion bölardik. Jahon Kubogi yonidan ötib ketayotganim tasvirlangan suratni tomoşa qiliş men uçun oğir. Biz sovringa juda yaqin edik, ammo men uning yonidan ötib ketdim, bu juda alamli hissiyot», - deb futbolçi sözlarini keltirmoqda Mundo Albiceleste.
Eslatib ötamiz, Argentina JÇ-2014 finalida Germaniyaga 0:1 hisobida yutqazgan edi.











