Samarqandlik 32 yoşli U.O. insonlarning farzandlariga enagalik qiliş bilan pul topib kelgan. Payariq tumanidan bölgan O.P. esa özining 6 yoşli qizçasini uşbu enagaga topşirib, özi çet el safariga ketadi. Sönggi oylarda enagaga qizçaning onasidan kelişilgan pul yetib kelmay qoladi, natijada enaga U.O. 6 yoşli S.S.dan alamini olib, unga zöğim ötkazadi va muntazam ravişda uni kaltaklaydi.
Hattoki enaga qaramoğida bölgan paytda qizça oğir kuyişni boşidan ötkazadi. Tanasining 36 foizi kuygan qizçani enaga U.O. şifokorga ham körsatmaydi. Endigina 6 yoşni qarşi olayotgan S.S. mana şu kabi zöğimlarga bardoş bera olmay, vafot etadi.
Qizça vafot etgaç, U.O. turmuş örtoği M.O. bilan Samarqand tumani Katta Turkman qişloği qabristoni qorovuli K.T.ga murojaat qilgan. Ammo K.T. marhum vafot etganligi haqida şifokor xulosasini söragan. IIB tomonidan ötkazilgan tekşiruvdan söng jinoyat foş bölgan.
Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida ötkazilgan sud jarayonida mazkur jinoyat işi örganilib, ayblanuvçi U.O. ikki yilu olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.











