Joriy yilning 1 may kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Reglamenti töğrisida»gi va «Parlament nazorati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq «hukumat soati» ötkazildi. Ta'kidlaş joiz, mazkur amaliyot milliy parlament tarixida ilk bor taşkil etildi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi axborot xizmati.
Deputatlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvoli yuzasidan olib borgan örganişlari hamda odamlar kelayotgan murojaatlardan kelib çiqib, siyosiy partiyalarning quyi palatadagi fraksiyalari takliflariga köra “hukumat soati”ga “Respublika aholisini toza içimlik suvi bilan ta'minlanişida hamda içimlik suvini tejamkorlik bilan işlatişda olib borilayotgan işlar”, şuningdek, “Aholini va tibbiyot muassasalarini arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta'minlaş, ayniqsa, joylarda ijtimoiy dorixonalarni taşkil etiş holatlari” töğrisidagi masalalar kiritildi.
Uşbu masalalar yuzasidan deputatlarga axborot va ularning savollariga atrofliça javob berişlari uçun Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş hamda Soğliqni saqlaş vazirliklari mutasaddi rahbarlari taklif etildi.
Tadbir davomida hukumat vakillari deputatlar tomonidan qöyilgan masalalar yuzasidan ma'lumot berib, ularning qöşimça ravişda bergan savollariga batafsil javob qaytardilar.
– Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 12 iyulda “Hukumat soati” institutini joriy etiş haqida öz tavsiyalarini bergan edi, – deydi ekspert Ixtiyor Bekov. – Qonunçilik palatasida “Hukumat soati”ning ötkazilişi Harakatlar strategiyasida belgilangan jamiyatda parlamentning rolini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarning amaldagi ifodasi hisoblanadi. Ötkazilgan tadbirning ahamiyatidan kelib çiqib, uning samarali ötganini ta'kidlaş lozim. Mazkur institut birinçidan hukumatning parlament bilan munosabatlardagi mas'uliyatini oşirsa, ikkinçidan joylarda töplanib qolgan, aholini öylantirayotgan masalalarni hal etişga xizmat qiladi.
Tadbir söngida Qonunçilik palatasi qömitalariga uşbu sohalardagi amaldagi qonun hujjatlarini va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş yuzasidan takliflar işlab çiqiş tavsiya etildi, şu bilan birga mazkur yönalişdagi işlar yuzasidan samarali parlament nazoratini ta'minlaşga kelişib olindi.












