4-5 may kunlari Toşkentda Osiyo-Tinç okeani mintaqasi ABU (Asia Pacific Broadcasting Union) Ma'muriy Kengaşining 105-yiğilişi bölib ötadi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi PR-markazidan xabar berilişiça, tadbirda iştirok etiş uçun Özbekistonga mintaqa axborot makonidagi yetakçi telekompaniyalar va media korporatsiyalari rahbarlari, jami 50 ga yaqin oliy martabali mehmonlar taşrif buyurişadi. Ötgan yillar davomida bu kabi forumlar Abu Dabi, Istambul, Dehli, Bali va dunyoning boşqa şaharlarida bölib ötgan. Endi navbat - Toşkent şahriga.

ABU yiğilişi 4 may kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bölib ötadi. Şu kunning özida yuqori martabali mehmonlar şarafiga Özbekiston hukumati tomonidan tantanali qabul marosimi ham rejalaştirilgan. Şuningdek, dasturda Samarqandga taşrif buyuriş, Toşkent, Samarqand va Buxoro şaharlarining diqqatga savozor joylariga xorijiy operatorlar guruhlari uçun media-turlar ötkaziş örin olgan. Xususan, "TRT" (Turkiya), Doordashan (Hindiston), CCTV (Xitoy), Qozoğiston RTRK telekanallari Özbekiston va uning sayyohlik salohiyati haqida maxsus loyihalar tayyorlaşni rejalaştirişmoqda.
ABU'ning uçraşuvini Toşkentda taşkil etişdan asosiy maqsad - televideniye va radioeşittiriş sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş va çuqurlaştiriş, Özbekistonning jahon media maydonidagi rolini kuçaytiriş va mamlakatning sayyohlik salohiyatini rivojlantirişdan iborat. Bunday kölamdagi tadbir mintaqadagi yetakçi tele- va radioeşittiriş taşkilotlari tomonidan mamlakatimizga qiziqişini oşiriş va şu orqali Özbekistondagi, jumladan, televideniye sohasidagi özgarişlarni Osiyo-Tinç okeani mintaqasining köp millionli auditoriyasiga yetkaziş uçun zamin yaratişi kutilmoqda.
Toşkentdagi yiğiliş qatnaşçilari orasida ABU ning boş kotibi Javad Mottagi, Yaponiya radioeşittiriş korporatsiyasi – NHK'ning prezidenti, ABU vitse-prezidenti Ueda Ryoiçi, NHK World'ning boş direktori Imamura Keiçi, DDI Doordarshan Direktori, ABU Ijroçi prezidenti Saha Supriya, TRT boş direktori Eren Ibrohim, Xitoyning CCTV vitse-prezidenti Sun Yuşeng, Indoneziya RRI vitse-prezidenti Modammad Rohanuddin, Shri Lanka MTV kanali rahbari Virasinghe Nedra, IRIB Prezidenti maslahatçisi, Eron xalqaro munosabatlar markazi direktori Abbos Nosir Tohiriy, şuningdek, Koreya (KBS), Malayziya (RTM), Makao, Pokiston, Afğoniston, Qozoğiston, Turkmanistonning teleradiokompaniyalarining rahbarlari iştirok etadi.
Ta'kidlaş joizki, bugun ABU'ning özi dunyoning 69 mamlakatidagi 281 taşkilotni öz içiga oladi, bu esa sayyoramiz umumiy aholisining 3,5 milliard nafarlik auditoriyasini qamrab oladi.
Osiyo-Tinç okeani mintaqasi radioeşittirişlar uyuşmasi (ABU) 1964 yil 1 iyulda taşkil etilgan televideniye va radioeşittiriş taşkilotlari uyuşmasi bölib, siyosiy va tijorat maqsadlarini közlamaydi. Bugungi kunda butun dunyodagi teleradioettiruvçilarni birlaştiruvçi eng yirik taşkilot – ABU'ning asosiy maqsadi televideniye yangiliklarini almaşiş, qöşma televizion loyihalarni amalga oşiriş, tajriba almaşiş orqali teleradioeşittiriş taşkilotlarining rivojiga hissa qöşiş va xalqaro forumlar, sport tadbirlarini yoritiş, mintaqaviy musobaqalar va tadbirlarni yoritiş etiş uçun huquqni qölga kiritişda kömaklaşiş hisoblanadi.
Özbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi 2004 yildan buyon ABU tarkibiga kiradi. 2015 yildan boşlab MTRK KBS (Koreya), NHK - (Yaponiya), CCTV (Xitoy), RTM (Malayziya) kabi yetakçi telekompaniyalar qatorida Ma'muriy Kengaşning maslahatçisi hisoblanadi. 2015 va 2017 yillarda MTRK Toşkentda ikki media forum taşkil etdi va butun dunyodan 100 dan ziyod xorijiy mehmonlarni qabul qildi.
ABU Ma'muriy Kengaşi ABU Boş Assambleyasining yiğilişida ABU'ning barça teng huquqli a'zolari orasidan 3 yil muddatga saylangan 17 nafar a'zodan iborat. Kengaş yiğilişlari yiliga 2 marta bölib ötadi, unda ABU'ning siyosiy va moliyaviy masalalari hamda boşqa dolzarb vazifalar muhokama etiladi.
ABU har yili oktabr oyi oxirida Kengaşning kelajakdagi iş strategiyalarini rejalaştiriş va umumlaştiriş uçun Boş Assambleya taşkil etadi. Özbekiston MTRK 2014-2016 yillarda ABU 51, 52 va 53 - Boş Assambleyalarida iştirok etgan.











