“Şaytanat” deganda inson köz oldiga Asadbek, Asadbek deganda esa “Şaytanat” keladi. Bu uzviy tuşunçalarni bir-biridan ayro tasavvur etib bölmaydi. Çunki asar va qahramonni yagona köprik – Özbekiston xalq aktyori Yodgor Sa'diyev boğlab turibdi. Bu haqda aktyorning özi nima deydi? Jurnalist Xayrulla Hamidovning “Ildiz” nomli körsatuvida bu haqda samimiy suhbat boradi.

Asadbek obrazi haqida...

Men Asadbek obraziga ijobiy yondaşişga harakat qilganman. Tohir Malikning “Sönggi öq” asari qahramoni Jahongirning gapini eslang: “Men bu millatni har qanaqa kamçiligi bilan yaxşi köraman, çunki bu mening millatim”. Ana şu pozitsiyadan kelib çiqib, Asadbek obrazini öta ablah qiyofada körsatmaslik uçun, Tohir akaga iltimos qilib bölsa ham özgartirganman. Çunki, asardagi obrazlardan biri Muhiddin otaning bir gapi bor: “Aslida, buning palagi toza edi...”. 

Asadbek rolini öynayotgan paytimda keyingi faoliyatim nima böladi, deb öylamaganman. Boşqa obrazlarim Asadbekka öxşab qolmasmikan, degan fikr xayolimga kelmagan. Qaytanga, men bu rol menga nasib etganiga xursandman. Ammo Asadbek rolini ijro etişim ijodkorlik faoliyatimda özim izlagan “nimanidir topganim”ni anglatmaydi. Qidiryapman, ammo topolmayapman. “Şaytanat”dan söng uçta filmda rol ijro etibman. 

“Şaytanat” qanday kitob özi?..

Köpçilik aytib qoladi: “Ha, bu asar falon jinoiy töda haqda, falon jinoiy töda rahbari haqida” va şunga öxşaş gaplar... Ammo unday emas. Tohir Malik bu asarni çuqur ilmi va fantaziyasi asosida yozgan. Hatto ayrim mutasaddilar mendan, Tohir Malik “köça”ni qayerdan biladi, deb söraşgan paytlari ham bölgan. Bularning bari, menimça, hayotni kuzatiş mahsuli. Yaxşi film yaratiş uçun, albatta, yaxşi ssenariy kerak böladi. Bu asarning ildizi baquvvat. Çunki unda hayot borligiça oçib berilgan. Bundan taşqari, asar qahramonlarining özaro dialoglari ham pişiq.

- Men dözaxda kuyişimni bilaman, ammo mendan oldin öşa sovet hokimiyati kuysin.
- Nega? – deb söraydi ota.
- Agar otamni begunoh olib ketişmaganida, uni öldirişmaganida – onam ölmas edi, ukam ölmas edi, men esa bu köçaga kirmas edim, - deb javob qaytaradi Asadbek.
Şunda Muhiddin ota deydi:
- Otasi otilganlarning barçasi ham bu köçaga kirgan emasku...

Tohir Malikning donoligini qarang. Mana şunday dialoglar tomoşabinni öziga qamrab olgan. 

Tuzum