Royal ikki konturli gazli qozonlarni işlab çiqarişni yölga qöydi.

Foto: Royal 

Royal yangi, ikki konturli gazli qozonlarni işlab çiqarişni yölga qöydi. Innovatsion ikki konturli Royal gaz qozonlari hayratlantiruvçi ustunliklarga ega  bölib, bir vaqtda uyingizni isitiş hamda issiq suv bilan ta'minlaş imkoniyatiga ega.

Devorga osiluvçi yangi Royal qozonlari osonlik bilan har qanday devorga örnatiladi. Uşbu qozonlar innovatsion diagnostika va avtomatik boşqaruv tizimlariga, hamda xavfsizlik darajasini yanada yuqori poğonaga kötaruvçi gaz nazorati, hamda seysmik nazorat kabi datçiklarga ega. Gaz nazorati datçiki Royal qozonini muttasil nazorat qiladi, zarraça gaz çiqişi bilan, bir damda qozonni avtomatik holda öçiradi va muammo haqida sizga xabar beradi. Seysmik nazorat datçiki 4-5 ballik yer qimirlaşlari sodir bölayotganda qozonni avtomatik holda öçiradi va sizni xatardan himoya qiladi.

Foto: Royal 

Qozonni tizimlarini Özingizga mos qilib sozlaş uçun maxsus boşqaruv pulti mavjud. Uning yordamida suvni bir zumda qizdiradigan va uyni maksimal darjada isitadigan “maksimum” tizimi yoki energiyani ehtiyot qilib işlatadigan “tejamkorlik” tizimlarini sozlaş imkoniyati bor.   Bundan taşqari, tejamkorlikka ulkan hissa qöşadigan funksiyalardan biri bu qozonga örnatilgan taymerdir. Taymer yordamida uyni tark etayotganingizda qozonni öçirişingiz va qaytib kelişingizdan oldin qöşib, uyni isitişingiz mumkin.

Foto: Royal 

Yangi Royal gaz qozonini eng katta ustunliklaridan biri – bu innovatsion, patentlangan, integratsiya qilingan issiqlik almaşuvçi moslamadir. Uşbu moslama tufayli, yangi Royal qozoni boşqa qozonlarga qaraganda 7 marta köproq suv isitişga hamda 5 marta uzoqroq hizmat qilişga qodir.

Yangi qozonlarni işlab çiqariş Janubiy Koreyaning Kiturami korxonasi bilan hamkorlikda işga tuşirilidi. Hozirda Alpha – 15, Alpha – 18 va Alpha – 24 nomli 150 kv.m. 190 kv.m.  va 240 kv.m. maydonni isita oluvçi modellar işlab çiqarilişi boşlandi.