Instagram va WhatsApp guruhli videoqönğiroqlarni taqdim etdi. Yangi funksiyalar haqida Facebook boş direktori Mark Tsukerberg Facebook f8 işlab çiqaruvçilar uçun har yilgi anjumanda aytib ötdi.

The Verge naşrining ta'kidlaşiça, guruh qönğiroqlari funksiyasi test jarayonida iştirok etayotgan foydalanuvçilar qismi uçun oçilgan hamda qolgan auditoriya uçun «bir neça hafta davomida» işlay boşlaydi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Tsukerbergning sözlariga köra, aksariyat foydalanuvçilar döstlar bilan muloqot qiliş uçun Instagram’ga töğridan-töğri translyatsiyalardan foydalanadi. Şuning uçun kompaniya smartfonlar egalari uçun videoqönğiroqlarni ilovada amalga oşiriş imkonini oçadi.

Bundan taşqari, Instagram Explore bölimi redizaynini amalga oşiradi hamda foydalanuvçilarga kamera AR-effektlarini qölda sozlaş imkoniyatini taqdim etadi.

Tsukerberg WhatsApp messenjerida ham guruh videoqönğiroqlari funksiyasi işga tuşirilişi kerakligini aytgan.