2018 yil 7 mart kuni, noma'lum shaxs 50 500 so‘mlik savdo qilib to‘lov uchun 50 ming so‘mlik kupyura o‘tkazganida, sotuvchi ushbu berilgan 50 ming so‘mlik kupyura haqiqiy ekanligiga shubha qilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga murojaat qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu kupyuralarni zamonaviy texnika qurilmalaridan foydalanib, Taraqqiyot ko‘chasida yashovchi Z.I. tomonidan tayyorlanganligi aniqlanib ushlangan.










