Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan Şimoliy Koreya va Janubiy Koreya çegarasidagi Pxanmunjom çegara punktida uçraşişga rozilik berdi. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali xabar berdi.  

Telekanal ma'lumotlariga köra, Kim Çen Inni uçraşuvni Pxanmunjomda ötkazişga Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In köndira olgan. 

CNN manbasining ta'kidlaşiça, Kim Çen In bu çegara punktini tanlaganining sababi şundaki, u yerda uçraşuvni ötkaziş uçun barça narsa tayyor. Manbaning ma'lum qilişiça, uçraşuv may oxirida ötadi. Şu bilan birga ba'zi tadbirlar çegaraning Şimoliy Koreya tomonida ötişi ham mumkin.

Manbaning ta'kidlaşiça, qurolsizlaştirilgan hududning şimoliy tomoniga ötiş Trampning tarixga kirişiga imkon beradi. Uning aytişiça, sammitda Janubiy Koreya prezidenti ham iştirok etişi mumkin.

Pxanmunjomda 27 aprelda Kim Çen In va Mun Çje In uçraşuvi bölib ötgandi. Kim Çen In 1953 yildan keyin Janubiy Koreyaga taşrif buyurgan ilk şimollik yetakçi böldi.