Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘simlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi qarori bilan O‘simlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
Adliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur Reglament bilan o‘simlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish muddatlari va taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirildi, davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etadigan sub'yektlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni faqat elektron shaklda axborot almashinuvi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
O‘simlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish davlat xizmatining muddati 15 ish kunidan 10 ish kuniga qisqartirildi.
Endilikda, ruxsatnoma berishda Fanlar Akademiyasining xulosasini olish ortiqcha jarayon sifatida bekor qilindi.
Vakolatli organning tadqiqot, ko‘rik yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarni uchinchi shaxslarni jalb qilib o‘tkazish jarayoni ham bekor qilinadi.
Shuningdek, murojaat etuvchilar o‘simlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish yuzasidan tuman (shahar) davlat xizmati markazlariga o‘zi kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:57 / 13.11.2025
Milliy yuk tashuvchilariga Latviya tranziti uchun ruxsatnomalar joyida beriladi
13:50 / 11.11.2025
Poytaxtda 263 attraksion tekshirildi: 39 tasi ruxsatnomasiz ishlayotgani aniqlandi
12:17 / 11.09.2025
Pulli to‘xtash joylari uchun hududda istiqomat qiluvchilarga imtiyozlar yaratiladi
15:10 / 29.08.2025