Ta’lim | 09:20
958
1 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2026–2027 o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalarini yuklab olishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qilishicha, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga «Abituriyent ruxsatnomasi»ni berish boshlandi.

Abituriyentlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz portali orqali shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishi mumkin.

Test sinovida ishtirok etish uchun abituriyentlar belgilangan vaqtdan kechikmasdan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Bilim va malakalarni baholash agentligiga ko‘ra, pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid