Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya va Ğarb örtasidagi munosabatlarga izoh berdi. Bu haqda u Italiyaning Panorama jurnaliga bergan intervyusida aytib ötgan.
Uning sözlariga köra, xalqaro vaziyat keskinlaşib bormoqda va endi uni avvaldan taxmin qiliş ança muşkul.
«Biz bir neça marta ta'kidlab ötganmizki, bunday vaziyat – birinçi navbatda, AQŞ va uning ostida bölgan ba'zi ğarb davlatlarining töxtamayotgan bir tomonlama harakatlari natijasi», - deya ma'lum qildi Lavrov.
Uning qöşimça qilişiça, ularning xatti-harakati keskinlik va işonçsizlik hamda noaniqlik kayfiyatini kuçaytirmoqda, şuningdek, xatolar yuz beradigan bölsa, global oqibatlarga olib kelişi mumkin bölgan vaziyatlarni keltirib çiqarmoqda.
«Rossiya «u tomondan» soğlom aql ğalaba qozonişini xohlaydi... Biroq bu «soğlom aql» Ğarb yetakçilarining kollektiv mas'uliyatli va oldindan taxmin qiliş mumkin bölgan, BMT Nizomiga asosan xalqaro huquqqa sözsiz rioya etişi imkoniyatini nazarda tutadi. Biz sönggi paytlarda bu borada biroz şubhaga borişga majbur bölmoqdamiz», - deya ta'kidlab ötdi Lavrov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sergey Lavrov AQŞ, öz bayonotlariga qaramay, Suriya hududini tark etişni möljallamayotganini aytgandi.












