Bugun, 2 may kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayev sud majlisida sönggi sözni aytdi. Bu haqda sud majlisida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Sudlanuvçi Bobomurod Abdullayev «söz erkinligi böğiq davrda, hayotini xavfdan himoya qiliş uçun Usmon Haqnazar taxallusida maqolalar» yozgani, unga ma'lum bölgan xabarlarni töliq tekşirişga imkoniyat bölmagani haqida gapirib berdi.

Men nafaqat ijtimoiy-siyosiy, balki sport jurnalistikasida ham qalam yuritganman. Futbolda bir falsafa bor: maydonga raqibni yengiş uçun tuşgan jamoa ba'zan mağlub bölişi mumkin, ammo raqibga yengilişini tan olib, maydonga qadam bosgan jamoa heç qaçon yutmaydi. Menga ham oson bölmadi. Sud işi boşlangandan buyon aybsizligimni isbotlaş uçun hamma işga qöl urdim, haqiqatni qörqmay aytdim. Heç kim menga happy end va'da qilmagan, boşqalardan farqli ravişda men heç nimani yaşirmay rost sözni aytib kelmoqdaman. Tajribamda (jurnalist sifatida deyilmoqda - tahr.) köp sud majlislarida iştirok etgandim. Ayrim ayol sudlanuvçilar ança-munça qiynoq va tazyiqlarga turib berganini körganman, ular boşqa erkak sudlanuvçilardan farqli ravişda haqiqatni aytolgan. Men öşa ayollarga ta'zim qilaman. Boş egaman.

Öylaymanki, biz (Abdullayev advokati Mayorovni nazarda tutmoqda - tahr.) sud tergovida aybsiz ekanimni isbotlay oldik. Aslida, işning ilk lahzasiga e'tibor qiling: MXX tergovçilari menga nisbatan qiynoq va tazyiqlar işlatib qilmagan işimni böynimga qöydi. Bu qiynoq va tazyiq işlatişning ma'nosi nima? Gap şundaki, bunday harakatlar organning bir paytlar noçor, kuçsiz bölganini isbotlaydi. Faqat kuçsiz hokimiyatgina mana şunday noçor organlarni himoya qiladi. Kuçli hokimiyat tanqidni xuş qarşilaydi. Kuçli hokimiyat kamçiliklarga e'tibor qaratgan jurnalistga tazyiq qilmaydi.

Sovet ittifoqi parçalangaç, u davrning naqadar jirkanç bölganini anglab yetdik. Karimov vafotidan keyin yana şunday böldi, maqtalgan iqtisodiyot, rivojlaniş va maddohlik aslida puç ekani ma'lum böldi-ku. Agar öşa davrda söz erkinligi böğilmaganda, men hayotimni xavfdan asraş uçun taxallus ostida, yaşirinib maqola yozmasdim. Menga ma'lum fakt va tafsilotlarni töliq tekşirişga imkon bölmadi. Biroq, vaziyat özgardi, Şavkat Mirziyoyev yangi tarixni boşladi. Matbuot va televideniye tanqidiy ruhdagi materiallarni erkin havola etyapti. Aynan mana şu sud majlisidan Kun.uz va Gazeta.uz saytlari muxbirlari reportaj tayyorlayotganiga guvoh bölmoqdaman. Men özimni himoya qilişim uçun barça imkoniyatni yaratib bergan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudiga minnatdorçiligimni bildiraman. Şuningdek, meni ma'nan qöllab-quvvatlab turgan maslakdoşlarim, jurnalist va inson huquqlari faollariga taşakkur bildiraman.