Nobel qömitasi ma'lum qildiki, 2018 yilda adabiyot yönalişida mukofot topşirilmaydi. Bu Şvetsiya akademiyasida nomzodlarni saralaş jarayonida kelib çiqqan mojaro bilan boğliq.
Avvaliga Şvetsiya akademiyasi şunday qaror qabul qilgan, keyin bu qaror Nobel qömitasi tomonidan ma'qullangan.
Ta'kidlanişiça, bu qaror «butun dunyoda Akademiyaga işonçsizlik ortişi fonida qabul qilindi».
Reuters agentligi xabarida qayd etilişiça, bunday holat 1943 yildan buyon ilk bor kuzatilmoqda. Öşanda Ikkinçi jahon uruşi tufayli mukofotlar topşirilmagandi.
Şu bilan birga qayd etilişiça, 2019 yildan mukofot topşirilişi davom etadi.
Mojaro markazida Şvetsiya akademiyasi xodimlaridan biri bölgan ayolning turmuş örtoği — fransiyalik fotograf Jan-Klod Arno turibdi. The New York Times ma'lumotiga köra uni nomzodlar haqidagi ma'lumotlar sizib çiqişi hamda ayollarga şilqimlik qilişda ayblaşmoqda.












