Özbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatni demokratik yangilaş jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Belgilanişiça, 2018 yil 1 iyundan boşlab:
röyxatdan ötkazuvçi organ bilan nodavlat notijorat taşkilotlarining tadbirlarini kelişiş tartibi rejalaştirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qiliş tartibi bilan almaştiriladi;
nodavlat notijorat taşkilotlarining hisobvaraqlariga çet davlatlardan, xalqaro va xorijiy taşkilotlardan, çet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topşiriğiga binoan boşqa şaxslardan ularning ustavlarida (nizomlarida) nazarda tutilgan vazifalarni amalga oşiriş uçun kelib tuşgan pul mablağlaridan va mol-mulkdan, ularni oliş röyxatdan ötkazuvçi organ bilan belgilangan tartibda kelişilgandan söng, biron-bir tösiqlarsiz foydalaniladi;
Özbekiston Respublikasidagi nodavlat notijorat taşkilotlari uçun ajratilgan grant mablağlari mazkur taşkilotlarning mamlakatdagi istalgan bank muassasalarida oçilgan maxsus hisobvaraqlariga kelib tuşadi;
mehnatga haq tölaş fondini tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq bölmagan kelib tuşgan mablağlar hisobidan şakllantiruvçi nodavlat notijorat taşkilotlari uçun yagona ijtimoiy tölov stavkasi 15 foizdan köp bölmagan miqdorda belgilanadi;
jamoat fondi ma'muriy xarajatlarining, şuningdek, vasiylik kengaşi va taftiş komissiyasi a'zolariga beriladigan mukofot puli tölovlarining va ular öz vazifalarini bajarişi bilan boğliq xarajatlar kompensatsiyasining yillik umumiy summasi fondning barça xarajatlari summasining 30 foizidan oşmasligi kerak;
nodavlat notijorat taşkilotlarining pensioner xodimlariga pensiya ularning mazkur taşkilotlardagi faoliyati yagona iş joyi bölgan taqdirda, töliq tölanadi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
a) Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargaça bölgan muddatda quyidagilarga doir hujjatlarni elektron tarzda taqdim etiş imkoniyatini ta'minlovçi elektron tizimni işlab çiqadi va joriy etadi:
nodavlat notijorat taşkilotlarini va ularning ramzlarini davlat röyxatidan ötkazişga, qayta röyxatdan ötkazişga;
nodavlat notijorat taşkilotlarining ötkazilişi rejalaştirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilişga;

















