2018 yilning 16 aprel kuni rossiyalik telejurnalist Sergey Medvedev özining «Zagadki veka…» («Asr jumboqlari…») dasturida «Paxta işi» haqida söz yuritdi. Unda özbek xalqiga nisbatan jinoyatkorona xatti-harakatlarning boş aybdori Telman Gdlyanga söz berildi va qayd etiş kerakki, u özining asl başarasini namoyon etdi.
Öz vaqtida, sovet OAVlaridagi çiqişlarda «Paxta işi» Kremldagi qarib-qartayib miyasi suyulgan eski partiyaçi çollarning oddiy bir xatosi sifatida tan olingan edi. Lekin bu şunçaki ma'muriy xato edimi? Bunga javobni paxta va şunga öxşaş işlardan söng SSSRda röy bergan siyosiy tanazzulni tahlil qilib oliş mumkin. Mohiyatan bu SSSRdan ajralib çiqişi tahdidi bölgan hududlarda ongli ravişda «boşqariluvçi boşboşdoqlik» yaratiş uçun foydalanilgan siyosiy texnologiyaning natijasi edi.
1983 yildan 1989 yilgaça — olti yil mobaynida SSSR prokuraturasining Gdlyan boşçilik tergov guruhi Özbekistonda bölib, özbek xalqini terror qilib, yuzlab hujjatlarni qalbakilaştirib, qamoqxonalarda noqonuniy ötirganlarning heç qanday aybi bölmagan yoş farzandlari va rafiqalarini ham hibsga olişgan. Tergov ostidagilarni öz joniga qasd qiliş darajasigaça yetkaziş holatlari ham bölgan.

Foto: kp.ru
Lekin adolat qaror topdi. V.I.Ilyuxin boşçilik tergov guruhi Özbekiston qişloqlarida mehnat qiluvçi mehnatkaşlarga nisbatan soxta tarzda uyuştirilgan jinoyat işlarini tergov qilişda T.Gdlyan guruhi tomonidan sodir etilgan qöpol qonunbuzarliklar faktini isbotladi.
Gdlyançilar guruhi tergovçilari tomonidan fuqarolarni pora tariqasida olingan boyliklarni saqlaşda iştirok etişda yolğon guvohlik berişga majburlaş yöli bilan sun'iy dalillar töplaş faktlari öz isbotini topdi. «Dalil» töplaşda iş şunga borib yetganki, jinoyatlarga heç qanday aloqasi bölmagan insonlar öz yaqinlarini asrab qoliş uçun özlarining şaxsiy omonatlari, bolalari va nevaralarining töyiga atab olib qöyilgan tilla va boşqa taqinçoqlarni topşirişgan, qarindoşlari va tanişlaridan qarz olişgan. Şuningdek, odamlar qamalmaslik uçun pul töplab, dökonlardan qimmatbaho narsalar sotib olib, ularni göyoki jinoyat yöli bilan orttirilgan boylik sifatida topşirişgani ham aniqlangan. Bunday «musodara»lar öşanda butun Özbekiston böylab yuz bergan. T.Gdlyan şaxsan özi odamlarni tahdid, şantaj, noqonuniy uşlaş, qamoqqa oliş va tahqirlaş vositasida körsatma berişga majburlab, tergovning noqonuniy usullarini amaliyotga joriy etgan.
















