“Albatta, Alloh adolatga, ezgu işlarga va qarindoşga yaxşilik qilişga buyurar hamda buzuqlik, yomon işlar va zulmdan qaytarur. (U) eslatma olursizlar, deb sizlarga nasihat qilur” (Nahl surasi, 90 oyat)
Darhaqiqat, biz insonlarni gözal qilib bezab turadigan xulq-atvor bu bir-birimizga yaxşilik qilişdir. Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanida yaşovçi Ergaşevlar xonadoni ham farzandlari bölmiş Rahimjonov Hasanboyning şifo topib ketişi uçun bağrikeng insonlarning ezgu işlariga muhtoj. Hasanboyning kasali jiddiy. Murojaatni örganiş maqsadida, Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya markazi katta ilmiy xodimi Yoqubov Akmal bilan suhbatda böldik.
Oliy toifali mutaxassisning tuşuntirişi böyiça, Hasanboy ilgari yurak jarrohlik amaliyotini boşdan ötkazgan. Yurakning kesilgan joyi töliq bitmay qolgan. Çandiq sababli yurakdan çiqadigan impuls aylaniş ritmi buzilib “yurak bölmaçalari titraşi” kasalligi paydo bölgan. Şu sababli bola özini muntazam yomon his qilmoqda, köngli aynib, köz oldi qoronğilaşmoqda. Hozirda bu kasallikni uç xil davolaş usuli mavjud. Birinçisi, kuçli yurak dorilari bilan davolaş. Bu dorilar boşqa organlarga salbiy ta'sir qiliş xususiyatiga ega. Tuzalib ketiş darajasi 30-40%. Dorilar doimiy ravişda iste'mol qilinsagina bu natijaga erişiş mumkin. Ikkinçisi, elektro-impuls terapiya-tok bilan davolaş. Vaqtinçalik davolaş usuli. Yurak ritmini joyiga keltiriş uçun tok beriladi. Samarasiz davolaş usuli hisoblanadi. Lekin, uçinçi samarali usul-jarrohlik amaliyoti. Bu yangi davolaş turi bölib, yurakka oyoq tomirlari orqali kirib borilib, çandiqlar sekin-astalik bilan professional tarzda davolanadi. Ijobiy natija esa 95% hisoblanadi. Agar kasallik öz vaqtida davolanmasa, yurakda qon turib qoladi, klapanlar işdan çiqadi. Yurak yetişmovçiligi paydo bölib, kasallik bemorni fojiali holatga olib kelişi mumkin.

Hasanboyning otasi bilan bölgan suhbatda, uning egizagi ham çaqaloqligida yurak kasalligidan vafot etganini aytdilar. Hasanboy 2015 yil 9 martda «Vosit Vohidov» nomli ixtisoslaştirilgan kardio-xirurgiya markazida davolanganda yurak nuqsoni bartaraf etilmagaç, Hindistonga borib jarrohlik amaliyotini boşlaridan ötkazgan. Hozirda esa ötkazilişi lozim bölgan jarrohlik amaliyoti uçun oilada yetarli mablağ yöq. Olimjon Ergaşevning topgan puli oila xarajatlaridan ortmaydi. Alloh köngliga solgan insonlarning yaxşiligiga muhtoj. Ularning aytişiça, yurak nuqsoni bölişiga qaramay Hasanboy maktabda «5» bahoga öqiydi. “Iymonli, e'tiqodli, insofli va vataniga xizmat qiladigan bola böladi, inşoolloh” deb aytdilar.
Hasanboy bizga faxrlanib “Xasanboy Dösmatovdek maşhur boksçi bölaman” deb aytdilar.












