Kitob töplab, ularning miqdori bilan maqtanib yuradigan odamlarni ilmli deb böladimi? Hatto şaxsiy kutubxonasida uç mingdan ortiq kitobi bor odamni bilaman. Negadir u «Şu kitoblarning hammasini öqiganmisiz?» degan savolni xuş körmaydi. Şuning uçun bölsa kerak, u boy kutubxonasi bilan maqtanar ekan, öqişga hali ulgurişini ham qöşib qöyadi. Ammo meni bir savol qiziqtiradi: Kitob ilm buloği ekani rost, ammo kitobga ega bölgan odam ilmli sanaladimi? Yöq! Kitobdagisi emas, köngildagisi, ya'ni öqib, uqilgan ilm — ilmdir.
Bu haqda uluğ alloma Abu Homid Ğazzoliyning bir hikoyati bor. U şunday rivoyat qiladi:
— Jurjondan Tusga qaytişimda yölda qaroqçilar uçrab, hamma narsamni tortib olişdi. Ularga «Molimni sizlarga baxşida etdim, faqat xaltamdagi bir dasta qoğozlarimni qaytarib beringlar, ular sizlarga kerak emas» deb yalindim. Öğrilar boşliğining rahmi kelib, dedi:
— Xaltangdagi qoğoz şu darajada qimmatlimi, nega unga yopişib olding?
Men aytdim:
— Ular ilm izlab yurganimda bilgan va öqiganlarimni yozib, töplab yurgan bilimlarim.
Öğrilar boşliği dedi:
— Dars öqidim, bilim oldim deganing nimasi, sendan qoğozlaringni olib qöysak, bilimsiz bölib qolar ekansan-da?! Qaroqçilar öğirlaydigan, tortib oladigan ilm ham ilm böldimi?
Öğrilar sardori tomonidan aytilgan bu sözlar Ğazzoliyga Allohning hidoyatidek tuyulib, «Örgangan narsam özimda qolsin» deya yozganlarining barçasini uç yil davomida xotirasiga muhrlagan ekan.
Zuhal RÖZIYeVA










