Superliga 10-turidan örin olgan «Bunyodkor» - «Nasaf» (2:1) öyinidan söng, mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov öz fikrlari bilan örtqolaşdi.
«Albatta, ğalaba qozonganimizdan xursandman. Ammo öyin oğir böldi deb ayta olaman. Bunga sabab - jamoaning moliyaviy ahvolidir, zaxiramiz böm-böş, ketma-ket mağlubiyatlar... Şu tomondan qiyinçilik böldi. Ikkinçi bölimda vaziyatlarda yaxşi harakat qilib, raqib darvozasini işğol etdik.
Bugungi kundagi moliyaviy şaroit yaxşi bölmasa-da, ğalaba qozonişimiz, jamoadagi tartibning yaxşiligiga sabab - 120talik mixim bor» - deb Qosimov sözlarini keltirmoqda Sports.uz.
Avvalroq, Qarşining «Nasaf» klubi ham oğir moliyaviy ahvolda ekani aytilgan edi.












