Ispaniya La-ligasining 36-tur doirasidagi markaziy uçraşuvda «Real» çempionlik masalasini hal qilib bölgan «Barselona» uyiga safar uyuştiradi.

Futbol olamiga El-klasiko nomi bilan maşhur bölgan öyin bu safar natija borasida heç qanday masalaga oydinlik kiritmasada, azaliy qarama-qarşilikning doimiy prinsipialligi bois ham bu uçraşuv qiziqarli ötişi mumkin. 

El-klasikolar tarixiga nazar taşlaydigan bölsak, bu ikki qarama-qarşilikning barça davrlaridagi tarixida eng köp golni «Barselona»ning amaldagi yetakçisi Lionel Messi kiritganiga guvoh bölamiz. Messi şu kunga qadar 25 bor «Real» darvozasini işğol qilgan. Ikkinçi örinda borayotgan Alfredo Di Stefanoda esa 18ta gol mavjud. Kriştianu Ronaldu 17 gol bilan uçinçi bölib turibdi.

Foto: Goal.com

Eslatib ötamiz, uçraşuv bugun Toşkent vaqti bilan 23:45da boşlanadi.