Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Videotakrorlar 100 foizlik ofsaydni aniqlay olmadi
Avstraliyaning A-ligasi Grand-finali doirasidagi «Nyukasl Jyets» va «Melburn Viktori» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda (0:1) texnik xato sodir bo‘ldi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida «Melburn» futbolchilari ofsayddan gol kiritishgandi. Kutilmaganda Avstraliyada foydalanilayotgan VAR tizimi 30 soniya davomida ishlamay qoldi. Natijada hakamda takroriy vaziyatni ko‘rishni imkoniyati bo‘lmadi va u golni hisobga olishga majbur bo‘ldi.
Keyinroq Avstraliya futbol federatsiyasi bu borada o‘z xatosini tan oldi.

«Texnik muammo videoassistentga ofsaydni aniqlash uchun ko‘mak beradigan kameraga ulanishning yo‘qolib qolishida bo‘ldi», — deyiladi AFF bayonotida.