Xitoyning eng yirik WeChat ijtimoiy tarmoğida 2017 yilda “miş-miş” bölgan 500 mlnga yaqin xabar bloklab qöyilgan. Bu haqda Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari huzuridagi Telekommunikatsiya tadqiqotlari akademiyasi hisobotida ma'lum qilindi.
“Hozirga kelib, miş-mişlarga qarşi kuraşga 800 ta mutasaddi idoralar qöşildi. Ular 500 mlndan köproq miş-miş xabarni aniqlab, bunday xabarlarning 40 ta röyxatini çop etişgan, 180 mingdan köproq rasmiy akkauntlarni jazolaşgan”, deb aytilgan hisobotda.
Ta'kidlanişiça, 2017 yil dekabr oyi holatiga köra, bir milliardga yaqin foydalanuvçisi bölgan WeChat’da “miş-mişlarni inkor etuvçi yordamçi” minidasturidan 19,7 mlndan köproq obunaçi foydalangan. Dastur kuniga örtaça 300 ming marta işga tuşirilgan.
Xitoyda oxirgi yillarda milliy OAV va internet-kompaniyalarga internetda tarqatilayotgan axborotning sifatini sinçkov kuzatiş buyurilgan bir qator me'yoriy va mafkurafiy hujjatlar qabul qilingan.
Ötgan haftada Xitoy rahbari Si Tszinpin kiberxavfsizlikni töliq ta'minlamay turib, mamlakatda milliy xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikni kafolatlab bölmasligini aytgan.













