Rossiya prezidenti etib qayta saylangan Vladimir Putin duşanba kuni davlat rahbari lavozimiga kirişadi. Uning siyosiy faoliyatida uşbu inauguratsiya marosimi törtinçi böladi. Putin Rossiyani kelayotgan olti yil davomida boşqaradi.
Putin 2000 yilda prezident böldi, 2004 yilda u yangi muddatga qayta saylandi. U 2008 yilgi saylovlarda iştirok etmadi, sababi, Konstitutsiyaga köra, bir kişi qatorasiga uç marotaba öz nomzodini qöyişi mumkin emas. Putin Dmitriy Medvedevni prezidentlikka nomzod sifatida qöllab-quvvatlab, 2008 yilning mayida mamlakat boş vaziri lavozimini egalladi. Öşa yili Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritildi, ularga köra prezident endi tört emas, balki olti yilga saylanadi.
Putin 2012 yilda yana davlat rahbariga aylandi, 2018 yilda esa saylovlarda rekord körsatkiç bilan ğalaba qozondi – 56,4 million saylovçi unga öz ovozini berdi. Inauguratsiya marosimi zamonaviy Rossiya tarixida yettinçisi böladi, an'anaga köra u davlat rahbarining maxsus qarorgohi – Katta Kreml saroyida bölib ötadi.
Tadbir tuş vaqtiga yaqin boşlanadi va taxminan 50 daqiqa davom etadi. Töğridan-töğri translyatsiya oltita yetakçi telekanal tomonidan efirga uzatiladi. Kreml yaqinida va içida osma telekameralar uçun maxsus uskunalar örnatib bölingan, ular tasvirni “quş parvozi” balandligidan uzatadi.
Inauguratsiyadan söng lavozimiga kirişgan prezident Davlat dumasiga boş vazir nomzodini körib çiqiş uçun kiritiş huquqiga ega, bu qaçon qilinişini esa davlat rahbarining özi hal etadi.
Marosimda iştirok etuvçilar röyxati prezident protokol xizmati bilan aniqlangan. Marosimda hukumat a'zolari, Duma deputatlari va Federatsiyalar Kengaşi vakillari, prezident ma'muriyati rahbarlari, Konstitutsion sud sudyalari, diplomatik korpus xodimlari majburiy tarzda qatnaşadi. Putin lavozimiga birinçi marta böydoq sifatida kirişadi, u sobiq rafiqasi Lyudmila bilan 2013 yilda ajraşgan.












