Rossiya hukumati prezident inauguratsiyasidan söng iste'foga ketdi. Bu haqda RF vazirlar mahkamasi axborot xizmati xabar bergan.

«Rossiya Konstitutsiyasining 116-moddasi va «Rossiya hukumati töğrisida»gi Federal konstitutsiyaviy qonunning 35-moddasiga muvofiq Rossiya hukumati yangi saylangan prezident oldida öz vakolatlarini topşiradi», - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya prezidenti etib saylangan Vladimir Putin Katta Kreml saroyidagi inauguratsiya marosimida qasamyod keltirgandi. Putin öng qölini RF Konstitutsiyasiga qöyib, qasamyod matnini qaytargan. Prezidentlik qasamyodining öttiz uçta sözi, xuddi davlat rahbari maqomi kabi, Konstitutsiyaning törtinçi bölimida belgilab qöyilgan: "Rossiya Federatsiyasi prezidenti vazifasini bajarişda inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarini hurmat va muhofaza qiliş, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga rioya etiş va himoya qiliş, davlat suvereniteti va mustaqilligi, xavfsizligi hamda yaxlitligini himoya qiliş, xalqqa halol xizmat qilişga qasamyod qilaman".