Ötgan şanba kuni Tojikistonning Xatlon viloyati Şaxritus tumani hududida tojik-afğon çegarasidagi «Tagnob» çegara postining oçiliş marosimi bölib ötdi.

«Avesta»ning Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi çegara qöşinlari matbuot markaziga tayanib xabar berişiça, «Tagnob» çegara posti BMTning giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça idorasi taşabbusi doirasida, Tojikiston-Afğoniston çegarasidagi nazoratni kuçaytiriş maqsadida Yaponiya hukumati moliyaviy yordami bilan qurildi.

Foto: Tojikiston Milliy xavfsizlik matbuot markazi
Foto: Tojikiston Milliy xavfsizlik matbuot markazi
Foto: Tojikiston Milliy xavfsizlik matbuot markazi

Tojikiston-Afğoniston çegarasidan Rossiya qöşinlari olib çiqib ketilgani ortidan, Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi çegara qöşinlari xalqaro hamjamiyat kömagida çegarani mustahkamlaş konsepsiyasini işlab çiqdi, u ba'zi çegara postlarini tiklaşni öz içiga olgan. BMTning giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça idorasi konsepsiyasining asosiy iştirokçilaridan biriga aylandi. Uning yordami bilan Tojikiston va Afğoniston örtasidagi çegarada yettita çegara zastavasi qurildi hamda tiklandi: «Bahorak», «Boğ», «Sariğor», «Şoğun», «Yöl», «Yaxçi Pun» va «Taxti Sangin». «Tagnob» çegara posti BMT kömagida qurilgan sakkizinçi obektga aylandi.