AQŞning Pensilvaniya universiteti olimlari robot yordamida umurtqadan ösimtani olib taşlaş böyiça dunyodagi ilk operatsiyani ötkazişdi. Bu haqda Penn Medicine News portali ma'lum qildi. 

Operatsiya kam uçraydigan xordoma ösimtasi borligi aniqlangan 27 yoşli erkakka talab etilgan. Bu ösimtani olib taşlaş juda katta aniqlikni talab qiladi – agar ösimta töliq olib taşlanmasa, u jadal rivojlanib, oxir-oqibatda falajlikka olib kelişi mumkin.

Şifokorlar operatsiyani bajarişda robotqölni qöllaşga qaror qilişgan. Operatsiya 3 bosqiçda ötkazilgan – şikastlangan umurtqa bölaklarini olib taşlaş, ösimtani olib taşlaş va sonning qismi yordamida umurtqalarni tiklaş.

Operatsiya 20 soatga yaqin vaqt olgan. Avvallari robotqöllar yumşoq töqimalarni operatsiya qiliş vaqtida qöllangan. Ta'kidlanişiça, operatsiya muvaffaqiyatli ötgan va bemor normal hayotga qayta olgan.