Jahon | 17:50 / 08.05.2018
4350
2 daqiqa o‘qiladi

71-Xalqaro Kann kinofestivaliga start berilmoqda

Bugun, 8 may kuni 71-Xalqaro Kann kinofestivali faoliyatiga start berilmoqda. Asosiy tanlovning hakamlar hay'atini aktrisa Keyt Blanshett boshqaradi. 

Dasturni eronlik rejissyor Asqar Farhodiyning "Buni hamma biladi" psixologik trilleri ochib beradi, unda bosh rollarni Penelopa Krus va Xaver Bardem ijro etgan. Film oila a'zolari bilan singlisining to‘yida qatnashish uchun vatani tomon yo‘l olgan ayol haqida. Biroq sayohat kutilmagan tarzda ularning hayotini o‘zgartirib yuboradi, bosh qahramonlar esa axloqiy tanlov oldida qolishadi. 

Foto: AP
Foto: News.cn

Asosiy tanlov dasturida 21 kartina namoyish etiladi. Ularning orasidan Jan-Lyuk Godar, Pavel Pavlikovskiy, Matteo Garrone, Tszya Chjanke, Ja'far Panohiy va Nuri Bilge Jyeylanlarning yangi ishlari o‘rin olgan.

Tanlov doirasidan tashqarida namoyish etiladigan so‘nggi film Terri Gilliamning "Don Kixotni o‘ldirgan odam" kartinasi bo‘ladi, rejissyor bu film ustida deyarli 20 yil ishlagan. 

71-Xalqaro Kann kinofestivali 19 may kuni o‘z ishlarini yakunlaydi.

Mavzuga oid