Al-Qudsdagi AQŞ elçixonasi yonidagi çorraha kelasi hafta oçiladi va unga AQŞ prezidenti Donald Tramp nomi beriladi. Bu haqda Al-Quds meri Nir Barkat ma'lum qildi.

Çorraha «prezident Donald Tramp şarafiga AQŞ maydoni» deb nomlanadi. Kuni keça bölajak elçixona yonida yöl belgilari örnatildi.

«Al-Quds Isroilni qöllab-quvvatlayotgan AQŞ prezidenti va fuqarolariga öz muhabbatini şunday izhor etmoqda. Prezident Tramp Al-Qudsni yahudiy xalqi poytaxti sifatida tan olişga qaror qildi, u tarixiy haqiqatni qöllab-quvvatlamoqda», - deya ma'lum qildi mer.

Foto: Facebook/@nir.barkat
Foto: Facebook/@nir.barkat

AQŞning Isroildagi elçixonasi Tel-Avivdan Al-Qudsga 2018 yilning 14 may kuni köçiriladi. U Al-Qudsda işlayotgan Amerika boş konsulxonasi binosida oçiladi.