Qarşi şahar “Beklar” mahalla fuqarolar yiğini, “Balx” köçasi 10-uyda yaşovçi fuqaro Jöra Turopov Qarşi şahar elektr ta'minoti korxonasi xodimlari xizmatidan norozi bölib, Qarşi şahar iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Özbekiston Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi axborot xizmati.

Fuqaro murojaatida “Beklar” mahallasi aholisiga elektr energiyasi va tabiiy gaz böyiça mas'ul Qarşi şahar Majburiy ijro byurosi xodimi iste'molçi xonadoniga tegişli 0250182-sonli abonent raqami orqali DDSU-28 rusumli zavod raqami 400849 bölgan elektr hisoblagiç körsatkiçini xonadonga borib tekşirmasdan, “ASU” ma'lumotlar bazasiga iste'molçi abonent kartasiga 26.02.2018 yil holatida qöşimça ravişda 11286 kVt noreal ma'lumot kiritganligi, bugungi kunda hisoblagiçning haqiqiy körsatkiçi 6572 kVt taşkil qilganligi qayd etilib, jamiyat xodimlaridan mazkur masalada amaliy yordam berişlarini söragan.

Arizadagi holat yuzasidan tegişli tartibda şahar jamiyati xodimlari hamda majburiy ijro byurosi nazoratçilari tomonidan joriy yilning 9 aprel kuni fuqaro xonadonida 0000602-sonli dalolatnoma asosida örganiş işlari taşkil etildi. 

Natijada fuqaro xonadonidagi elektr hisoblagiç körsatkiçi 6771 kvt ekanligi, iste'molçining sarf qilinmagan elektr energiyasi uçun ortiqça 3906 kVt tölovni amalga oşirganligi, şuningdek, byuro xodimi 15.11.2017 yil holatida xonadonda 10677 kvt/s elektr energiyasi iste'mol qilindi deya yolğon ma'lumot kiritganligi aniqlandi. 

Aniqlangan holat böyiça yöl qöyilgan xatoni bartaraf etiş maqsadida xonadonda ötkazilgan xatlov natijasi töğrisida ASU ma'lumotlar bazasiga ma'lumot kiritilib, fuqaro abonent kartasidagi qarzdorlik bartaraf etildi.