Germaniya janubi-ğarbidagi Frayburg şahridagi saylovlarda ğalaba qozongan merning burnini va bir neçta tişini sindirişdi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar qilmoqda.

Saylovlardagi mustaqil nomzod Martin Xoln tarafdorlari bilan ğalabani nişonlayotgan paytda unga noma'lum erkak yaqinlaşgan va zarba bergan.

Foto: DPA

Hujum qilgan şaxs qölga olindi. Tergov ma'lumotiga köra, hujum erkakning siyosiy qaraşlari bilan boğliq bölmagan. Ta'kidlanişiça, unda ruhiy kasallik belgilari aniqlangan.

Martin Xoln saylovlar davomida Diter Salomonni ortda qoldirdi, u bunga qadar 16 yil davomida şahar rahbari bölgan.