Nissan kompaniyasi Yevropa bozorida dizelli dvigatellarga ega avtomobillar sotuvini töxtatmoqçi. Qaror talab pasaygani va zaharli moddalar böyiça normalar kuçaytirilgani bilan boğliq. Aniq muddatlar hozirça xabar qilinmagan. Bu haqda Reuters yozmoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, dizellari maşinalardan voz keçiş bosqiçma-bosqiç keçadi. Şuningdek, Sanderlend şahridagi avtomobil zavodi ştatini qisqartiriş ham çoralardan biriga aylanadi. Şu bilan birga, marka vakili bu dizelli dvigatellar davri tugaşidan dalolat bermasligi, hamda qisqa muddatli istiqbolda bu sodir bölmasligini bildirdi.
Avvalroq, Volvo benzinli va dizelli dvigatellar işlab çiqişga investitsiyalar kiritilişi töxtatilgani haqida ma'lum qilgandi. Agregatlarning hozirgi avlodi sönggisi böladi, mablağlar esa har bir model uçun kamida ikkita gibridli modifikatsiya çiqarişga sarflanadi.
Bosch kompaniyasi esa, aksinça, dizelli dvigatellarni qutqarişi va ularni tejamkor qilişi mumkin bölgan qaror topganiga işonçi komil. Muhandislar buning uçun faol termosozlaş texnologiyasidan foydalanişni taklif etmoqda, u taşqariga çiqarib taşlanuvçi gazlar resirkulyatsiyasi tizimida optimal haroratni qöllab-quvvatlaydi.












