Islom olamining muqaddas oyi hisoblangan Ramazon oy kuzatuvlariga qarab, yo 15 may, yoki 16 may kuni boşlanadi. "Al-Jazira" şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.

Ramazon oyining birinçi kuni yangi oy çiqişiga qarab belgilanadi.
AQŞ va Yevropada musulmonlar hamjamiyati bu masalada astronomik hisob-kitoblarga tayanadi va şu tariqa ular Ramazonni 15 mayda kutib olişadi, rözaning birinçi kuni esa 16 mayga töğri keladi.
Saudiya Arabistoni va arab mamlakatlarining aksariyatida yangi oy 15 mayda çiqişi kutilayotgan bölsa-da, Marokaş, Eron va Pokiston bu hodisaga ertasi kuni guvoh böladi.

Özbekistonda Ramazon oyi boşlanişi va hayit kunini aniqlaşda, Özbekiston ulamolari islom dini körsatmalari va Astranomiya instituti ma'lumotlariga tayaniladi. Şundan kelib çiqib Özbekiston prezidentining «Muborak Ramazon oyini munosib ötkaziş töğrisida»gi qarori e'lon qilinadi. Ötgan yili Özbekistonda muborak Ramazon oyining boşlanişi 27 may kuniga töğri kelgan.
Ilmiy taxminlar
Astronomlar hisob-kitobiga köra, yangi Ramazon oyi Grinviç böyiça 15 mayda soat 11:47 da tuğiladi, biroq birinçi tunda uni faqat maxsus uskuna orqaligina köriş mumkin.
2017 yildan Saudiya Arabistoni va boşqa arab mamlakatlari yangi oyni suratga olişga qodir maxsus infraqizil raqamli kameralardan foydalanadi, an'anaviy teleskoplarda esa optik diapazonning çeklanganligi sabab yangi oy aniq körinmasligi mumkin.
Agar bu yil ham şunday kuzatuv uskunasi qöllansa, Saudiya Arabistoni Ramazon oyining birinçi kunini 16 mayda qarşi oliş ehtimoli yuqori.
Biroq 16 may arafasida yangi oy butun dunyoga qurollanmagan köz bilan körinişi kerak, bu Pokiston va boşqa mamlakatlarning Ramazonni 17 mayda kutib olişiga işora qiladi.
Yangi oyning körinişi atmosfera şaroitlari, bulutlar va quyoş hamda oy örtasidagi masofa kabi omillarga boğliq.












