Angliya Premer Ligasi doirasidagi qoldirilgan uçraşuvda «Suonsi» öz maydonida «Sauthempton»ni qabul qildi. 

Bu öyin natijasi esa uçinçi jamoa - «Vest Bromviç»ni rasman Premer Ligadan tuşirib yubordi.

Bu öyindagi durang «Vest Bromviç»ga sönggi tur oldidan ligada qoliş imkoniyatini saqlab qolardi. Ammo mehmonlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi ğarbliklar taqdirini uzil-kesil hal qildi.

«Vest Bromviç» oxirgi marta 2008/09 yilgi mavsumida Çempionşipga tuşib ketgan, ammo bir yildayoq yana elitaga qaytişga muvaffaq bölgandi.

APLni tark etadigan uçinçi jamoa «Haddersfild» va «Suonsi» jamoalaridan biri böladi. «Haddersfild» qolgan ikki öyinda bir oçko olsa, ligadagi örnini rasman saqlab qoladi. Jamoa bugun «Çelsi» mehmoni böladi, agar bu öyinda kamida durangga erişilsa, «Suonsi» rasman çempionşipga tuşib ketadi.