Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan jurnalist Bobomurod Abdullayev 7 may kuni sud majlisidan ozodlikka çiqarildi. Şuningdek, sudlanuvçi Hayotxon Nasriddinov, Ravşan Salayev va Şavkat Olloyorning uşbu işga aloqasi bölmagani tufayli, ular sud tomonidan oqlandi.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan Human Rights Watch taşkilotining Markaziy Osiyo böyiça tadqiqotçisi Stiv Sverdlovga köra, bu mustaqil Özbekiston tarixida yangi epoxa boşlanganini bildiradi.
Keça Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi binosidan Abdullayev işi böyiça barça sudlanuvçilarning ozod etilgani tarixiy voqealikka aylandi. Şunga qaramay, HRW taşkiloti jurnalist Bobomurod Abdullayevdan 159-modda böyiça qöyilgan barça ayblov olib taşlanişini söraydi, deb fikr bildirdi advokat va taşkilotning Markaziy Osiyo böyiça tadqiqotçisi Stiv Sverdlov.
Inson huquqlari himoyaçisi Sverdlovning ta'kidlaşiça, sud majlisida Abdullayev Özbekiston maxfiy xizmati xodimlari qölida qiynoqlarga solingani haqida gapirib bergan.
Men işonamanki, huquqbon, diplomat va jurnalistlar uçun öta şaffof darajada ötkazilgan Abdullayev işi özbek sud tizimida yangi standartlarni örnatişda asosiy mezon vazifasini ötaydi. Bobomurod Abdullayev va Hayotxon Nasriddinovning ozod etilişi bilan, Özbekistondagi qamoqxonalarda jurnalistlar qolmadi. Endilikda söz erkinligi, jumladan internetni senzurasi borasida qilinişi lozim bölgan işlar köp. Hukumat mö'tadil va tinç maqsaddagi tanqid, kişilar tomonidan davlat siyosatini muhokama etilişini nafaqat qarşi oliş, balki qöllab-quvvatlaşi töğrisida siyosiy iroda bildirişi kerak, deydi u.











