5 may kuni Toşkent şahar M.Uluğbek tumanida yaşovçi F.S. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
Qayd etilişiça, u şu kuni soat 00.30larda, Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida 3 noma'lum şaxs Paxtazor mikrorayon hududida joylaşgan maktabgaça ta'lim muassasasi binosi oldida barsetkasini tortib olib ketgan, uni içida 400 AQŞ dollari, 500 ming söm puli, fuqarolik pasporti va avtomaşina hujjatlari bölganligini ma'lum qilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni O.T., A.K. va Ş.A. sodir etganligi aniqlanib uşlanganlar.












