Ispaniya çempionati hakamlar korpusi qabul qilgan qarorga köra, «Barselona» futbolçisi Lionel Messi 36-tur doirasida «Real»ga qarşi keçgan öyin vaqtida öyin boş hakamini haqoratlamagan. Bu haqda Cuatro xabar tarqatgan.

Öyindan keyin madridliklar klubi futbolçilari Lionel Messi öyin hakami Alexandro Ernandes-Ernandesga bosim ötkazgani haqida aytişgandi.

Birinçi bölim oxirida klasikoda hakamlik qilgan Alexandro «Barselona» himoyaçisi Serxi Robertoni maydondan çetlatgan, «Real» futbolçisi Garet Beylga öta qöpol harakati uçun kartoçka körsatmagandi. Tanaffusdan keyin esa u kataloniyaliklar jamoasi foydasiga qarorlar qabul qila boşladi.

Hakamlar korpusi öyin protokolida Messi yoki «Barselona»ning boşqa bir futbolçisi hakamni haqoratlagani haqida yozuv yöqligiga asoslangan holda qaror qabul qilgan. Qayd etilişiça, aks holda jiddiy jazo qabul qilingan bölardi.