O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va Gruziya prezidentlariga tabrik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan marosimda qatnashgani ma'lum qilingandi.