Uning örniga öqituvçilarga toifa sinovidagi natijasiga qarab, özi xohlagan joyda 18 soatdan 72 soatgaça mustaqil malaka oşiriş uçun kasbiy rivojlaniş vauçeri beriladi. Buning uçun mablağni davlat ajratadi.
Şavkat Mirziyoyev bugungi uçraşuvga tayyorgarlik jarayoni haqida ham töxtaldi.
“Bu majlisga juda qiynalib tayyorgarlik qildik. Xuddi sizlar bilan birga yurgandek bölişga harakat qildim. Bular - sizlarning oğir masalalaringiz. Albatta, qiyin böladi. Lekin mana şu manfaatni joyiga qöysak, özgariş böladi”, - dedi Prezident.













