10:26 / 09.05.2018
11772

Shu bag‘rikenglik farzandlarimizga ham o‘tsin - Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etiladigan marosimda qatnashish uchun Toshkent shahridagi Botanika bog‘iga tashrif buyurdi. Botanika bog‘iga Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar, jamoatchilik vakillari taklif etilgan. 

“San'at saroyi, metro bekatiga “Xalqlar do‘stligi” nomining qaytarilishi o‘zbek xalqining bag‘rikengligidan darak beradi. Shuningdek, san'at saroyi oldidagi maydonga Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan yodgorlikning qaytarilishi ham shu ishlardan. Ilohim, shu bag‘rikenglik bizning farzandlarimizga ham o‘tsin. 

El-yurtimizning buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasi badiiy asarlarda hali to‘liq ochib berilmagan, deb hisoblayman. Ota-bobolarimizning buyuk qahramonligi haqida yangi asarlar yaratish lozim. Bu borada kitob-albom nashr qilish vaqti keldi. O‘ylaymanki, bu adolatli bo‘lardi. Ota-onalarimiz, qariyalarimizga qancha ko‘p e'tibor bersak, ertangi kunimiz ham shuncha farovon bo‘ladi. Bu bugungi islohotlarga ham yordam beradi. Sizlarga bo‘lgan e'tibor yanada kuchaytiriladi – men shu haqida va'da beraman. Keksalarimizni rozi qilsak, butun el-yurtimiz, xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi. Faxriylarimiz, nuroniylarimiz uchun barcha sharoitlarni yaratish bundan buyon ham e'tiborimiz markazida bo‘ladi. Agarda yonimizda sizlarning niyatlaringiz bo‘lmasa, agar sizlar rozi bo‘lmasangizlar, biz bu ishlarni amalga oshira olmaymiz”, - dedi davlat rahbari.

Top