Islom Karimov nomidagi Toşkent aeroporti ma'muriyati xalqaro yönalişlar aerovokzalida bolalar öyin maydonçasini taşkil qilmoqçi. Şu munosabat bilan aeroport ma'muriyati uşbu maydonçani taşkillaştiriş böyiça takliflar tanlovini e'lon qildi.
Aeroport ma'lumotlariga köra, öyingoh maydoni 20-40 metr kvadratni taşkil qiladi. Maydonça uçib ketuvçi yölovçilar blokida taşkillaştiriladi va 3-10 yoşli bolalar uçun möljallanadi.
Aeroport ma'muriyati har qanday taklif va loyihalarni körib çiqişini ma'lum qilgan.
Tanlovda uşbu sohada 3 yildan köproq faoliyat yuritayotgan istalgan taşkilotlar iştirok etişi mumkin. Takliflar qabul qilinişi 16 may kuni tugaydi.

















