Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyatdagi o‘rningiz, har bir gapingiz bizga madad, ertangi kunga katta kuch - Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etiladigan marosimda qatnashish uchun Toshkent shahridagi Botanika bog‘iga tashrif buyurdi. Botanika bog‘iga Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar, jamoatchilik vakillari taklif etilgan. Prezident ularning ba'zilari bilan qisqa muloqot qildi. Bog‘da urush davri ruhini aks ettiradigan namunalarni ko‘rish mumkin.
“Albatta, buyuk g‘alabalaringiz, jamiyatdagi o‘rningiz, har bir gapingiz bizga madad, ertangi kunga katta kuch, qudrat. Sizlar bizning g‘ururimiz, faxrimiz, iftixorimizsiz. Sizlarga bo‘lgan e'tiborni kun sayin kuchaytirish zarur. Mana shu kunni yaratib bergan siz kabi qahramonlarimiz, bugungi kunda nuroniy, duogo‘y bo‘lib yurganingiz biz uchun katta baxt. Sizlarning yuksak jasorat va matonatingiz bugungi hayotimiz uchun katta misol bo‘la oladi. Bugun fashizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan minglab vatandoshlarimiz xotirasini yodga olish bizga ham qarz, ham farzdir. Muhtaram faxriylarimiz oldida barchamiz bosh egib, ta'zim qilamiz. Mustaqil Vatanimiz ozodligi, el tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan jasur harbiylarimiz xotirasini saqlash ham vazifamiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026