Özbekiston Respublikasi prezidenti “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining takliflari asosida Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti (keyingi örinlarda Institut deb ataladi) uning Buxoro filiali va akademik litseylari bilan birgalikda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tizimiga ötkazildi.

Quyidagilar Institut va uning Buxoro filialida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaşning ustuvor yönalişlari etib belgilandi:

suv xöjaligida innovatsion resurstejamkor texnika va texnologiyalarni qöllaş, geodeziya va geoinformatika, daryo va suv omborlari gidrologiyasi böyiça yangi va zamonaviy bilimlarga ega bölgan oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlaş;

öquv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalaş, öquv rejasi va fan dasturlarida soha böyiça zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilğor texnologiyalar böyiça bilimlarni aks ettiriş, ta'lim beriş jarayonida nazariya va amaliyot birligini ta'minlaş orqali oliy ta'lim muassasalari bitiruvçilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini oşiriş;

talabalarga ta'lim yönalişlari va mutaxassisliklari böyiça sohada amalga oşirilayotgan modernizatsiya va joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalarga oid yangi bilim va könikmalarni singdirgan holda sifatli ta'lim beriş;

professor-öqituvçilarning kasbiy bilimi, pedagogik mahorati va ilmiy salohiyatini muntazam ravişda oşiriş, xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida professor-öqituvçilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oşiriş va stajirovkalarini taşkil etişda xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş;

fan, ta'lim va işlab çiqarişning samarali integratsiyasini ta'minlaş orqali manfaatdor taşkilotlar bilan hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib boriş hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etiş, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etişga yönaltirilgan amaliy va innovatsion izlanişlarni amalga oşiriş;

soha uçun kadrlar tayyorlaşning uzviy tizimini yaratiş, biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ta'lim dasturlarining uzluksizligi va izçilligini ta'minlaş, ularda sifatli ta'lim berilişini taşkil etiş;