May oyining ikkinçi yarmida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan Amerikaga rasmiy taşrifini amalga oşiradi. Taşrifning aniq sanasi hozirça rasman e'lon qilinganiça yöq.

Kun.uz axborot manbasining ma'lumot berişiça, aprel oyida Özbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov AQŞ elçisi Pamela Spratlen bilan uçraşuvda joriy yildagi turli darajada bölib ötadigan Özbekiston–AQŞ uçraşuvlari muddatlari, jumladan, may oyida Özbekiston rahbarining Amerikaga rasmiy taşrifiga tayyorgarlik köriş masalalarini ham muhokama qilgan.

Mayning boşlarida esa Spratlen xonim Senatda, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida uçraşuvlar, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida yana uçraşuv ötkazgan. Uçala rasmiy şaxs ham bir paytlar Özbekiston taşqi işlar vazirligini boşqarganligidan oliy darajadagi taşrifga hozirlik qizğin borayotganligi taxmin qilingan edi.

Özbekiston prezidenti ötgan yili ham AQŞga borgan edi. Bu taşrif 18–20 sentabr kunlarida BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida keçgandi. Öşanda Nyu-Yorkda özbek-amerika biznes-forumi ham ötkazilgandi.